Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Uchrashuvda institut O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Q.Ermatov,  Viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Mamayusupov Akmaljon Nabijonovich va «UZAUTOCOMPONENTS» MCHJ boshqarmasining xodimlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i D.Qosimov, xodimlarni tanlash bo‘limi mutaxassisi X.Temirov, “UZ-DONG VON KO” q/k, “UZ IRAE CLIMAT KONTROL”, “UZ XANVU” q/k, “UZ DONG YANG KO”, “UZ TONG XONG KO”, “UZ AUTO AUSTEM”, “UZSEMYUNGKO”, “UZ-DONGJUPEINTKO”, “UZAUTOMOTORS” aj qo‘shma korxonalarining xodimlar bilan ishlash bo‘lim boshliqlari hamda institut bitiruvchilar portfelini shakillantirish, ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi boshlig‘i S.Yorqulov, 100 nafardan ortiq bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar.

     Viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Mamayusupov prezidentimizning tegishli farmon va qarorlari asosida mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida iqtidorli yoshlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash, ularni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kasbga yo‘naltirish bo‘yicha bir qator tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida tushunchalar berdi. Andijon mashinasozlik institutining bitiruvchi talabalarini ish bilan ta’minlanishi uchun takliflar kiritdilar hamda uchrashuvga yig‘ilgan qo‘shma korxonalarda ishlash istagi bor bitiruvchi talabalar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazib, suhbatdan o‘tgan talabalarni ishga qabul qilish taklifini kiritdi va bitiruvchi talabalarga tegishli barcha ma’lumotlarni jadval asosida qabul qilib olindi.

     Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar, tegishlicha  javoblarni oldilar.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari