Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon mashinasozlik instituti «Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti»  kafedrasi bilan Farg‘ona politexnika instituti «Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti» kafedrasi o‘rtasida 2021-2025 yillarda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasi bo‘yicha hamkorlik ishlari olib boriladi. Bu haqda «Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti» kafedrasi katta o’qituvchisi Hayrullo Vasiyev xabar berdi.

     Kuni kecha institutimizga Farg‘ona politexnika instituti «Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti» kafedrasining professor-o’qituvchilari tashrif byurishdi. Undan ko’zlangan maqsad, ikki oliy ta’lim muassasasi o’rtasida ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish, o‘quv adabiyotlar yaratish, anjumanlar o‘tkazish, eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish,  me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlashda o‘zaro hamkorlik qilishdan iborat bo’ldi.

     Tashrif davomida Farg‘ona politexnika instituti professor-o’qituvchilari, Andijon mashinasozlik institutida yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza, o’quv – uslubiy xujjatlar, laboratoriya xonalari va jixozlari bilan yaqindan tanishdilar.

     Shuningdek, Andijon mashinasozlik instituti «Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti»  kafedrasi bilan Farg‘ona politexnika instituti «Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti» kafedrasi o‘rtasida 2021-2025 yillarda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasi bo‘yicha hamkorlik shartnomasi ham imzolandi. Unga ko’ra, 2021-2025 yillarda ikki oliy ta’lim muassasalari hamkorlikda bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari, talabalar alamashinuvi kabi masalalar kelishib olindi.

     Professor-o’qituvchilar ushbu hamkorlikni ikki tomon uchun ham foydali ekanligini e’tirof etdilar.

 

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi