Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yil 27-may kuni navbatdagi Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari bo’lib o’tdi. Shuningdek imtihongacha va imtihondan keyingi jarayonlarni shaffof tashkil etilishini ta’minlash maqsadida har bir imtihon o‘tkaziladigan auditoriyalar to’liq web-kameralar bilan jihozlangan. Talabalardan korruptsion holatlarni keltirib chiqarishga urinmasliklari, ta’magirlik holatlariga duch kelingan vaziyatda institutning Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raldi. Shu kuni Ingliz tili fanidan bo‘lib o‘tgan sinovlarda Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti bitiruvchilarining bilimi sinovdan o‘tkazildi. Ertaga Andijon mashinasozlik instituti bitiruvchilarning so‘ngi Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari bo’lib o’tadi.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari