Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon viloyatida diniy aqidaparastlik va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yil 16-may kuni institutning katta anjumanlar zalida institutning “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi tomonidan institutda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar uchun “Ma’naviyat va ma’rifat” soati tashkil etildi.

     O‘tkazilgan “Ma’naviyat va ma’rifat” soatini institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Ermatov kirish so‘zi bilan ochib, tadbirga tashrif buyurgan Andijon shahar “Eski gumbaz” jome’ masjidi Imom xatibi B.Ro‘ziboyevga berdi.

     B.Ro‘ziboyev o‘z so‘zida yoshlar ta’lim-tarbiyasida ma’naviyat va ma’rifatning o‘rni, milliy meroslarimizni ular ongiga singdirib borish, diniy va dunyoviy qarashlarini yanada shakllantirish, “ommaviy madaniyat”, internet tarmoqlari orqali bo‘ladigan yot g‘oyalarga qarshi immunitetini oshirib borish, turli xil axborot xurujlariga baho bera oladigan qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligi xususida so‘z yuritdi hamda sohada ta’lim va tarbiya yo‘nalishida o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar. Tadbirda jami 200 dan ziyod professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari