Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Kuni kecha institutga Qirg‘iziston Respublikasida yagona hisoblangan Qizg‘iz iqtisodiyot universiteti rektori Kadiraliyev Almaz Toktobekovich hamda universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Rustam Kenjayevlardan iborat delegatasiya tashrif buyurdi.

     Tashrif davomida oliy ta’lim muassasasi vakillari o’rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv avvalida mehmonlarga institut haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shundan so’ng har ikki oliygoh uchun manfaatli bo‘lgan takliflar bildirildi. Xususan, mehmonlar Andijon mashinasozlik instituti bilan hamkorlikda ushbu institut qoshida Qirg‘iz-O‘zbek fakultetini tashkil etish taklifini berdilar. Shuningdek ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda tajriba almashish, o‘qituvchilar va doktorantlarning ilmiy amaliyotlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

     Rektor Kadiraliyev Almaz Toktobekovich universitetda Xalqaro aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidladi.

     “Oliygohimiz dunyo bo‘yicha top 10000 talik oligohlar qatoriga kiradi. Milliy reytingda esa 18-o‘rinni egallab turibmiz. Universitetimizda O‘zbekistonlik ko‘plab talabalar tahsil oladi. Biz bundan juda quvonamiz va imkon qadar ularning o‘qishlari va yashashlari uchun sharoitni yaxshilashdan to‘xtamaymiz. Ammo bitiruvchi O‘zbek talabalari mutaxassisligi bo‘yicha diplomlarini qo‘lga kiritganlaridan so‘ng tabiiyki o‘z uylariga qaytib ushbu diplom asosida ishga joylashish harakatida bo‘ladilar. Ammo diplomni nostrifikasiya qilish jarayoni biroz qiyin kechishini aytishadi. Ushbu jarayonni ham soddalashtirish taklifi bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga taklif bilan chiqmoqchiman.Tayyorlangan har bir taklif asosida talabalarning manfaati yotadi. Andijon mashinasozlik uinstituti bilan hamkorlik aloqalari borasida yaxshi natijalardan umidvormiz”.

     Uchrashuv yakunida amaliy tashriflar davom etishiga kelishib olindi.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev 

Institut matbuot xizmati xodimlari