Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Uzoq yillardan buyon maktablarda muntazam tashkil qilinib kelayotgan so‘ngi qo‘ng‘iroq tadbirlari pandemiya sabab to‘xtatilgan edi. Respublika maxsus komissiyasining tegishli qaroriga asosan yurtimizda konsert dasturlari, ommaviy tadbirlar ochiq osmon ostida o‘tkazilishi mumkin etib belgilandi. Bu esa maktablardagi so‘ngi qo‘ng‘iroq tadbirlarini o‘tkazilishi uchun zamin yaratdi. Bu yilgi tadbirlar oldingilariga nisbatan o‘zgacha formatda nishonlanmoqda. Bayram tadbirlarida mashxur san’atkorlar, hokimlik vakillari, oliy ta’lim muassasasining rahbarlari ham ishtirok etayotganligi, bitiruvchi yoshlarda iliq taassurot uyg‘otayotgan bo‘lsa ajab emas.

     Andijon mashinasozlik institutining barcha prorektorlari va bir qator professor-o‘qituvchilari joylarda tashkil qilingan  So‘ngi qo‘ng‘iroq tadbirlarida ishtirok etmoqdalar.

     Asaka shahar 41-sonli, Shahrixon tumani 58-sonli, Baliqchi tumani 45-sonli, Oltinko‘l tumani 29-sonli maktablarda bo‘lib o‘tgan “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan  tabrigini o‘qib eshittirdi hamda “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida 10 donadan badiiy kitob, proyektor va esdalik sovg‘alarini taqdim qildi.

     Shuningdek, Andijon mashinasozlik institutiga biriktirilgan Qorasuv shahar 2-sonli, Bo‘ston tumani 2-sonli, Izboskan tumani 8-sonli, Honobod shahar 6-sonli, Ulug‘nor tumani 22-sonli, Asaka tumani 24-sonli maktablarida bo‘lib o‘tgan “So‘ngi qo‘ng‘iroq”  tadbirlarida institut rahbar va professor-o‘qituvchilari bevosita ishtirok etib, bitiruvchi yigit-qizlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bayram tabrigi yetkazildi. Shuningdek yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli va chuqur islohotlarning mazmuni-mohiyati, yoshlarining bilim olishlari va mehnat qilishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdilar.

     Bitiruvchi yoshlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatgani bilan samimiy tabrikladilar.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari