Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       Kiyinish madaniyati – insonning tashqi ko‘rinishi, ma’naviy dunyosi , estetikasi, axloqiy sifatlari va salohiyatini ochib beradi. Kiyinish madaniyatiga bo‘lgan qarash insonning go‘zallik, nafosat, odob borasidagi ko‘z qarashlarini ifoda etadigan omil hamdir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda kiyimlar ham, kiyinishga bo‘lgan e’tibor va talab ham o‘zgarib bormoqda. Qizlarimizning hayo va ibosi eng katta boylik. Bu ularning yurish-turishi va ko‘rinishi kiyinishida, muomalasida o‘z ifodasini topadi. Qizlarimiz bilan shu xususda o‘tkaziladigan tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi.  26.05.21yil kuni Andijon mashinasozlik instituti «Axborot resurs markazi» kichik zalida XQMK raisi, kengash a’zolari, Axborot-resurs markazi direktori o‘rinbosari Dilfuzaxon Qurbonova hamda mutasaddi tashkilot vakillaridan tashkil etilgan viloyat ishchi guruh a’zolari ishtirokida ishtirokida «Xotin-qizlarning kiyinish odobi» mavzusida davra suhbati olib borildi. Tadbirni institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Ranoxon Yusupova ochib berdi. Tadbirda Oltinkul tumani xokimi, Xotin-kizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Toshtemirova Zilolaxon – tuman targ‘ibot guruhi rahbari, Andijon viloyati IIB “Diniy ekstremistik oqim”ga qarshi kurash bo‘limi xodimasi Xatamxanova Manzuraxon, Andijon shaxar Qoratut Mahalla fuqarolar yig‘ini otinoyisi Raxmonova Zuxraxon, Andijon viloyati IIB  “Diniy ekstremizm va terrorizmga karshi kurashi bo‘limi xodimasi Yuldasheva Qumrixonlar ishtirok etdilar. O‘zbek xalqi o‘zining asrlar osha qadrlanib kelayotgan milliy liboslari bilan ham butun dunyoga dovrug‘ taratgan. Turli ranglarda tovlanib, ko‘zni qamashtiruvchi atlasu adraslar nozik xilqat vakillarining ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishda katta ahamiyat kasb etsa, beqasam to‘n, milliy do‘ppi va belbog‘ alp o‘g‘lonlarning mard, jasur va dovyurak bo‘lib kamol topishida muhim o‘rin tutadi. Bugun madaniy va qadriyatlar globallashuvi liboslarga ham maьlum bir maьnoda o‘z taьsirini o‘tkazgani achinarlidir. Gʻarbdan kirib kelayotgan ajnabiy suratlar va turli yozuvlar aks etgan kiyimlarni ko‘rib, yoqa ushlaysan kishi. Ayniqsa, ayrim o‘smir yigit va qizlar ustidagi liboslar har qanday insonni taajjubga solishi shubhasiz.

        Madaniyati to‘g‘ri shakllanmagan yoshlar orasida turli xil chet mamlakatlarga taqlid qilishning avj olganligi, oqibatda o‘z milliyligimizning qadrsizlanib borayotgani achinarli hol albatta. Ayrim yoshlarning kiyib yurgan kiyimlari hatto hech qanday madaniyatga to‘g‘ri kelmaydi. Kiyinish madaniyati borasida buyuk mutafakkir va allomalar ham o‘z asarlarida turli firk-mulohazalarni bayon etishgan. So‘z mulkining sultoni Alisher Navioy “Mahbub ul-Qulub” asarida nomunosib kiyinish usuliga o‘zining salbiy ta’riflarini keltirib o‘tganlar. Shuning uchun har bir farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazayotgan oilalarning o‘z farzandining tarbiyasi va kiyinishga bo‘lgan eьtibori muhim axamiyatga ega bo‘lgan omillardan hisoblanadi. Tadbir davomida kiyinish odobi – insonning ma’naviyati va didi, dunyoqarashini belgilashi insonni muvaffaqiyatga erishishida muhim omillardan biri ekanligi, ish va o‘qish joylarida kiyinishning o‘rni va ahamiyati  to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Suhbat davomida talaba qizlarimizga kerakli maslahat va yo‘l-yo‘riqlar berildi.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari