Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2021 yil 21 yanvardagi 07/1-42-son topshirig‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 11 yanvar PQ-4940-son qarorini amalga oshirish grafigini 8.3-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 26 may kuni soat 1200 da institutning katta majlislar zalida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

      Uchrashuvda institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Q.Ermatov, «SPZ-BEARINGS» O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi bosh muxandisi R.Artikov,  sotish bo‘yicha muxandis U.Saydullayev o‘g‘li  hamda institut  Bitiruvchilar portfelini shakillantirish, ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi inspektori D.Razakova va  80 nafardan ortiq bitiruvchi talabalar  qatnashdilar. «SPZ-BEARINGS» O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi bosh muxandisi R.Artikov Prezidentimizning tegishli Farmon va qarorlari asosida mamlakatimiz Oliy ta’lim muassasalarida iqtidorli yoshlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash, ularni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kasbga yo‘naltirish bo‘yicha bir qator tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida tushunchalar berdi. Andijon mashinasozlik institutining bitiruvchi talabalarini ish bilan ta’minlanishi uchun takliflar kiritdilar hamda  «SPZ-BEARINGS» O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasida ishlash istagi bor  bitiruvchi talabalar bilan yakka tartibda suxbat o‘tkazildi hamda 10 nafar suxbatdan o‘tgan talabalarni ishga qabul qilish taklifini kiritdilar, talabalarni telefon raqamlari  va barcha ma’lumotlari qabul qilib olindi.

Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar, tegishlicha  javoblarni oldilar  hamda «SPZ-BEARINGS» QK ga tashrif buyurib ish jarayonini ko‘rish uchun taklif qildilar.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari