Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Bugun 25-may har yildagidek umumta’lim maktablarining qaldirg‘ochlari, maktab bitiruvchilari uchun kuni mamlakatimizdagi barcha maktablarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari tashkil etildi.

Ushbu tadbirlarda Andijon mashinasozlik instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Ermatov ham ishtirok etib, bitiruvchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. A.Ermatov Shahrixon tumanidagi 58-umumtaʼlim maktabida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablarining bitiruvchi oʻgʻil-qizlariga murojaatini yetkazgan holda, yurtimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli va chuqur islohotlarning mazmun-mohiyati, yoshlarning bilim olishlari va mehnat qilishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berishdi hamda barcha bitiruvchilarga oq yoʻl tilashdi. Shuningdek tadbirlarda institutning iqtidorli talabalari ham ishtirok etib, bitiruvchilarga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdilar. Mazkur tadbirlar bitiruvchilar hayotida unutilmas onlarni taqdim etdi.

S

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari