Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

“ AYOL VA OILA”

          Mamlakatimiz Prezidenti ayollarning jamiyatdagi o‘rni va roliga yuqori baho berib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlarimizning bilimdon, zamonaviy mutaxassis, malakali kasb egalari bo‘lishlari hamda sog‘lom va mustahkam oila qurishlari uchun zarur shartsharoitlar yaratish, birinchi navbatda, sog‘lom bola tug‘ilishi va uni tarbiyalash, onalar va bolalar sog‘ligini muhofaza qilish davlatimiz va jamiyatimizning doimiy e’tiboridagi eng ustuvor vazifa ekanligiga alohida e’tibor qaratmoqda. Ma’lumki, millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, shubhasiz, oilaning, oilada esa ayolning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. CHunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida va ona tarbiyasi bilan shakllanadi. Mamlakatimizda yurtimiz xotin-qizlarining jamiyatdagi 2 o‘rni, ularning oilaga bo‘lgan munosabatlari, ijtimoiy hayotdagi roli g‘oyat muhim ahamiyatga egaligi bois ularning mavqei har jihatdan yuqori baholanmoqda. Muhtaram Prezidentimizning biz xotin-qizlarga berayotgan alohida e’tiborlari xotin-qizlarning erkaklar bilan barcha sohada tengligini ta’minlashga, ularni ulug’lash va qadrlashga, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan milliy huquq tizimini yaratdi.

           Bugungi kunda har qanday jamiyatning asosiy ko‘zgusi xotin-qizlar ekanligi shubhasizdir. Xalqimiz orasida “Ayol bir qo‘li bilan beshikni, ikkinchi qo‘li bilan dunyoni tebratadi”, degan naql bejiz vujudga kelmagan. Buyuk ajdodlarimiz, millatimiz tarixidan ma’lumki, o‘zbek ayoli, o’zbek onalari nafaqat o‘z elimiz, balki dunyo hamjamiyati, umumbashariyat taraqqiyotiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan mashhur, jasur va dono farzandlarni dunyoga keltirishgan. Dunyoda ikki muqaddas narsa bor – u ham bo‘lsa, Ona va Vatan. Bizga naqadar aziz hamda qadrli bo‘lgan ana shu ikkala so‘z aslida yagona ma’noni, ya’ni Onani anglatadi. Qalbimiz to‘ridan mustahkam va munosib joy egallagan ushbu so‘zlarning o‘xshashligi tasodifiy hol emas, dunyoda onadan-da e’zozli va ehtiromga loyiq inson, Vatandan aziz va qimmatli zamin yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Xotin-qizlarga, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilishga davlatimiz, qolaversa, shaxsan Yurtboshimiz tomonidan jiddiy e’tibor va imkoniyat yaratilayotganligining boisi ham ayolning, eng avvalo, kelajagimiz davomchilari, zurriyotlarimiz, ertangi kunda bizning taqdirimizni ishonib topshiradigan farzandlarimiz bunyodkorlari hamda tarbiyachilari ekanligiga alohida urg‘u berishdan iborat.

 

2021 yil 24 may kuni Andijon mashinasozlik instituti 1-Talabalar turar joyida “Ayol va oila” mavzusida institut Xotin-qizlar kengashi raisi R.K.Yusupova, amaliyotchi psixolog M.K.Qosimova, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri X.M.Jo‘rabekova va  “Transport va logistika” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari G.S.Yusupova,”Innovatsion ta’lim texnologiyalari” fakulteti XQMK a’zosi F.S.Taylyaqova, “Mashinasozlik texnologiyasi” fakultetining XQMK a’zosi M.Xadjimuhammedova, institut psixologi O.Buvaeva  va talaba qizlar ishtirok etdilar.

Ushbu seminar -treningda yig’ilganlarga

Ayol aslida kim?

Ayolning oiladagi o’rni;

Ayolning jamiyatdagi o’rni;

Ayollik jozibasi qanday oshiriladi?

Siz qanday ayol bo’lishni xohlaysiz:

va boshqa ko’plab savollarga javob oldilar.

Mutaxassis tomonidan xotin-qizlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari