Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

    Andijon mashinasozlik instituti “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti tomonidan “Oliy ta’lim muassasalarining mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan o‘zaro xamkorliklarini yanada mustahkamlash” hamda “Mahallabay” ishlash tizimini amalga oshirish maqsadida fakultetga biriktirilgan Andijon shahar “Sanoat” mahalla fuqarolar yig‘inida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2021 yil 17 aprel kuni fakultet dekani M. Jo‘raxonov, dekan muovinlari N. Qirg‘izaliyev va M. Muxtorovlar mahalla raisi M. Qodirov, Bandlikga ko‘maklashish markazi inspektori yordamchisi Masturaxon Mamajonova va mahalla faollari bilan uchrashib mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi aholi, ularning bandligi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar hamda ushmagan yoshlar va ular bilan ishlash bo‘yicha amalga oshiririlishi kerak bo‘lgan vazifalarni belgilab oldilar.

     2021 yil 20 aprel kuni Andijon shahar Sanoat MFY idorasida Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini N.Qirg‘izaliyev, katta o‘qituvchi O. Abdujabborovlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning vakillari bilan ularning ijtimoiy holatini yaxshilash va bandligini ta’minlash masalasida uchrashuv o‘tkazdilar. Shu bilan birga Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti va “Sanoat” MFY o‘zaro kelishuvlariga asosan mahalla uyushmagan yoshlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 2021 yil 20 may kuni uyushmagan yoshlar ishtirokida stol tenisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Ushbu tashkil etilgan sport musobaqasi mahalla yoshlarida katta qiziqish uyg‘otdi va bunday tadbirlar kelgusida yana o‘tkazilishi belgilab olindi.

    O‘z navbatida hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlardan biri sifatida uyushmagan yoshlarni institutda tashkil etilgan to‘garaklarga jalb etish maqsadida institutda tashkil etilgan to‘garaklar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti tomonidan bu kabi ishlar davomli bo‘lishligi mahalla vakillari bilan kelishib olindi.

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari