Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2021 yil 21 yanvardagi 07/1-42-son topshirig‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 11 yanvar PQ-4940-son qarorini amalga oshirish grafigini 8.3-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 21 may kuni institutning katta majlislar zalida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Q.Ermatov, «KHANTEX GROUP» xodimlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i  O.Umarova, «KHANTEX GROUP» Sanoat va yong‘in xavfsizligi bo‘lim boshlig‘i  hamda institut  Bitiruvchilar portfelini shakillantirish, ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi boshlig‘i S.Yorqulov va  30 nafardan ortiq bitiruvchi talabalar  qatnashdilar. «KHANTEX GROUP» xodimlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i  O.Umarova Prezidentimizning tegishli Farmon va qarorlari asosida mamlakatimiz Oliy ta’lim muassasalarida iqtidorli yoshlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash, ularni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kasbga yo‘naltirish bo‘yicha bir qator tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida tushunchalar berdi. «KHANTEX GROUP» 2017 yilda g‘ayratli mutaxassislar jamoasi tomonidan tashkil yetilganligi hamda faoliyati davomida  kompaniya kichik kompaniyadan jami 4000 nafar ishchisi bo‘lgan paxta iplari va trikotaj matolarni yetkazib beruvchilar orasida O‘zbekiston bozorida yetakchi mavqega yega bo‘lgan korxonaga aylanganligini aytib o‘tdi.

Ishlab chiqarish majmuasi Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan bo‘lib, Yevropaning to‘quv, jakkardli dastgohlari va yeng so‘nggi rusumdagi to‘qish mashinalari, zamonaviy bo‘yoqlarni ishlab chiqarish va tikuvchilik sexlari bilan jihozlangan butunlay yangi to‘qimachilik korxonasi ekanligi, asbob-uskunalarning asosiy yetkazib beruvchilari – yigiruv uchun Rieter (Shveysariya), to‘quvchilik uchun Picanol (Belgiya), bo‘yash uchun Erbatech (Germaniya) va Brother, Kansai (Yaponiya). Barcha uskunalarni yetkazib beruvchilar yuqori sifatli, yuqori samaradorlik va energiya tejaydigan dastgohlar va uskunalarning dunyoga mashhur ishlab chiqaruvchilari ekanligi haqida aytib o‘tildi.

Kompaniyani rivojlantirish ustida ishlayotganligini hamda Andijon mashinasozlik institutining bitiruvchi talabalarini ish bilan ta’minlanishi uchun takliflar kiritdilar hamda «KHANTEX GROUP»ga tashrif buyurib ish jarayonini ko‘rish uchun taklif qildilar.

Ishga kirish uchun nomzodlarning umumkasbiy va kasbiy (professional) bilimlarini baholashda bitiruvchilar bilimlarini va mahoratlarini test sinovlari orqali ko‘rsatish kerakligini aytib o‘tdi. Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar, tegishlicha  javoblarni oldilar  hamda ishga qabul qilish yo‘l yo‘riqlarini tushintirdilar.

 

Otabek Odilov, Bekzod  Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari