Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

«Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yilida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Avtomobilsozlik” fakulteti dekani A.Axmedov va O.Aliyevlar Cho‘lpon 100 yilligi MFY raisi Chuliyev Nematillo va MFY raisi o‘rinbosari Mamadjanova  Naziraxonlar bilan uchrashdi. Mahalla hududidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha fikrlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Institut va mahalla o‘rtasida hamkorlik ishlari tashkil etilishiga kelishib olindi. OTM huzurida tashkil etilgan to‘garaklarga uyushmagan yoshlarni taklif etildi. Mahalla va instituti o‘rtasida sport musobaqalarini o‘kazilishiga kelishib olindi.

Yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birgalikda ularni-umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalash, masalasi davlatimiz doimiy diqqat-e’tiboridadir. Ushbu mas’uliyatli ishlarni amalga oshirishda o‘zaro chambarchas bog‘liq uch omil – oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligi muhim ahamiyatga ega. 2021 yil 13 aprel kungi Yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektorda davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoev har bir o‘g‘il-qizga e’tibor qaratish zarurligi xususida kuyinchaklik bilan fikr yuritib, mahallalarda uyushmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash, yoshlarga yanada ko‘proq e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Videoselektorda berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyati hokimligi tashabbusi bilan viloyatdagi barcha mahalla fuqarolari yig‘inlarida reja asosida hayriya tadbirlari tashkil etish belgilandi. Mazkur rejaga asosan joriy yilning 22-aprel va 4-may kunlari fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Aliyev 1-kurs talabalaridan tashkil topgan “Yoshlar” jamoasi bilan  “Cho‘lpon 100 yilligi” MFYga tashrif buyurib mahalla vakillari bilan uchrashdi. Talabalar yig‘ilgan mahalla vakillariga teatr, qiziqarli chiqishlar, jonli ijrodagi qo‘shiqlar va raqslardan iborat dasturini namoyish etdilar.

 

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari