Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     So‘nggi yillarda mamlakatimiz rahbari tomonidan axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga doir bir qator qarorlar imzolandi. Unda kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, ushbu jarayonlar mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga va xalqaro andozalar asosida bo‘lishi nazarda tutilgan.Berilgan ushbu vazifalar o‘z o‘rnida soha egalarini yanada o‘z ustilarida ishlash va izlanishga undaydi. Mas’uliyatli va ayni damda kerakli sohaning fidoiylarini mehnatlarini munosib taqdirlash maqsadida, davlatimiz rahbari 21-may sanasi yurtimizda “Kutubxonachilar kuni” sifatida nishonlanishini belgilab berganlar.

     Hurmatli, kutubxona xodimlari!

     Sizlarni ushbu kun munosabati bilan chin yurakdan tabriklayman. Farzandlarimiz olgan bilimlarini yanada mustahkamlanishida uzoq yillardan buyon ularga ko‘makchi bo‘lib kelayotganingiz uchun raxmat aytaman. Sizlarga eng avvalo mustahkam sog‘lik va salomatlik, oilaviy tinchlik va osoyishtalik, kelgusidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar tilab qolaman. Ayniqsa, zamonaviy axborot-texnologiyalari soat sayin rivojlanib borayotgan bir davrda yoshlarning qalbida kitobga bo‘lgan mehrni so‘ndirmaslik yo‘lida qilayotgan mehnatlaringizni biz hamisha ardoqlaymiz. Jonajon O‘zbekistonimizning kelajagi, ertangi kunimizning egalari bo‘lgan yoshlarimizga ilm-ziyosini ulashish yo‘lida also charchamang deymiz. Bugungi bayram yana bir bor muborak bo‘lsin!

 

Umid Turdialiyev, Andijon mashinasozlik instituti rektori