Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Islom ma’rifatini tushunmaslik, din haqidagi sayoz g‘oyalar sabab bugungi kunda begunoh insonlar qoni to‘kilmoqda. Bolalar beg‘uborlik davridan mosuvo holda hayot kechirmoqda. Har qadamda uchrashi tayin bo‘lgan xavf insonlarni tahlikada yashashga majbur qilayotgani ham hech birimizga sir emas. Garchand bizdan yiroqda bo‘lsada, ayni shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali barchamizga ma’lum bo‘lib ulgurgan davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar yoshlar tafakkuriga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. G‘oya bilan kurashadigan bir davrda yashar ekanmiz, kelajak avlodni ushbu voqeliklar ustidan to‘g‘ri hulosa chiqarishga o‘rgatish qaysidir ma’noda ushbu hunrezliklar bilan masofadan turib kurashish bilan teng.

 

     2021-yilning 20-may kuni institutning asosiy binosi katta anjumanlar zalida navbatdagi axborot soati darslari Islom ma’rifati mavzusi bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir sifatida tashkil etildi. Ma’rifiy tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Muxtarm Xaliqova olib bordi. Tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Akmal Ermatov o‘z nuqti bilan ochib berdi.

     Shu kuni Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti talabalariga Islom ma’rifati, islom dini bilan milliy mentalitetimiz, o‘zbekona odob qoidalarimiz juda g‘ozal holatda uyg‘unlashganligi. Qadim-qadimdan ota-bobolarimiz amal qilib kelgan kichik odob qoidalari haligacha xalqimizning har bir xonadonida amalda ekanligi, ayniqsa bu shiddat bilan rivojlanib borayotgan ommaviy ma’daniyat o‘zining avj pallasida bo‘lgan bir davrda ham saqlanib qolayotganligi biz uchun ulug‘ ne’mat ekanligi ta’kidlandi. Dunyoning ko‘plab mamalakatlarida oilaga, aka-ukaga, ota-onaga bo‘lgan xurmat va e’tibor havas qilgudek darajada emas. Millatimiz bu borada dunyo xalqlariga o‘rnak bo‘lishga arziydigan millat ekanligini unutmaslik hamda shunga hamisha munosib bo‘lishga intilish lozimligi aytildi. Inson agar dunyoni yaxshi tarafga o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, eng avvalo o‘zini o‘zgartirishi zarur ekanligi aytildi. Insonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, ilm olishga intilish, har kunimizga shukrona keltirib, yangi kundan ilhomlangan holda yangi maqsadlar ko‘zlash kabi bebaho fazilatlar bizda saqlanib qolmoqda. Agar shularni yanada rivojlantirishga bel bog‘lab astoydil harakat qilinsa, dunyo andoza oladigan millat ekanligimizni yana bir bor isbotlagan bo‘lamiz.

        

     Tadbir davomida Islom ma’rifati tushunchasi oddiy misollar negizida uqtirib o‘tildi. Islom ma’rifatini o‘zimiz sezmagan holda kundalik hayotimizga tadbiq etib kelayotganimiz, ma’rifat bizning qonimizga singib ketganligidan dalolat ekanligi aytilib, bu bilan faqatgina g‘ururlansa arziydigan xalq ekanligimiz ta’kidlandi.

 

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi