Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institutda bitiruvchi talabalar uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari bo’lib o’tmoqda 2021-yil 17-may kuni O’zbekiston tarixi fanidan Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish hamda Elektrotexnika, elektromexanika, elektrotexnologiyalar yo‘nalishlari bitiruvchilarining bilimlari sinalgan bo’lsa, 19-may kuni Transport va Logistika fakulteti talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari bo’lib o’tdi. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi komissiyasi tarkibiga viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining ushbu fan bo‘yicha yetakchi mutaxassislari, professorlar jalb qilindi. Sinovlar oldidan ularning o‘tkazilish tartibi, talablari haqida talabalar ma’lumot berildi.

Shuningdek imtihongacha va imtihondan keyingi jarayonlarni shaffof tashkil etilishini ta’minlash maqsadida, talabalardan korrupsion holatlarni keltirib chiqarishga urinmasliklari, ta’magirlik holatlariga duch kelingan vaziyatda institutning Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raldi.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari