Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2021 yil 21 yanvardagi 07/1-42-son topshirig‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 11 yanvar PQ-4940-son qarorini amalga oshirish grafigini 8.3-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 19 may kuni soat 11:00 da institutning katta majlislar zalida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

           Uchrashuvda «UzAutocomponents» MChJ xodimlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi  D.Isroilov, xodimlarni tanlash bo‘limi mutaxassisi X.Temirov, xodimlarni tanlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi O.Komilov hamda institut bitiruvchilar portfelini shakillantirish, ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi boshlig‘i S.Yorqulov va  13 nafar “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” yo‘nalishi bitiruvchi talabalari  qatnashdilar. «UzAutocomponents» MChJ tarkibidagi korxonalarni ishlab chiqarish jarayonlari to‘g‘risidagi tushunchalar berildi.  Ishga kirish uchun nomzodlarning umumkasbiy va kasbiy (professional) bilimlarini baholashda bitiruvchilar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha to‘rt yil olgan bilimlarini va mahoratlarini test sinovlari orqali ko‘rsatish kerakligini aytib o‘tdi. Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar, tegishlicha  javoblarni oldilar hamda «UzAutocomponents» MChJ xodimlari tomonidan ishga kirish uchun bitiruvchi talabalardan test olinib, natijalari e’lon qilindi hamda ishga qabul qilish yo‘l yo‘riqlarini tushintirdilar.