Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 4-mart 2021 yilgi №87-03-1264 xatiga asosan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida talaba-yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi bayoni bilan tasdiqlangan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining talaba-yoshlar bilan onlayn uchrashuvida bildirilgan taklif va mulohazalarni amalga oshirish bo‘yicha chor-tadbirlar rejasining 17-bandida turli oliy ta’lim muassasalaridagi katta tajribaga ega nufuzli professor-o‘qituvchilarning namunaviy darslarini boshqa oliy ta’lim muassasalaridagi onlayn translyatsiya qilish vazifasi belgilanganligini inobatga olgan holda, mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” kafedrasi 8-aprel 2021 yil soat 15-00 da “TJIChAB” yo‘nalishi 4-kurs talabalariga Toshkent davlat texnika universiteti “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasi professori, t.f.d. Muxiddinov Djalol Pattidinovich tomonidan “Texnik va texnologik obyektlarni boshqarishda identifikatsiyalashning o‘rni” mavzusida namunaviy onlayn darsi bo‘lib o‘tdi.