Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 4-mart 2021 yilgi №87-03-1264 xatiga asosan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida talaba-yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi bayoni bilan tasdiqlangan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining talaba-yoshlar bilan onlayn uchrashuvida bildirilgan taklif va mulohazalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 17-bandida turli oliy ta’lim muassasalaridagi katta tajribaga ega nufuzli professor-o‘qituvchilarning na’munaviy darslarini boshqa oliy ta’lim muassasalaridagi onlayn translyatsiya qilish vazifasi belgilanganligini inobatga olgan holda, mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar” kafedrasi 23-aprel 2021 yil soat 10-30 da “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” yo‘nalishi 3-kurs talabalariga Buxoro muxandislik texnologiyalar instituti “Elektr mexanikasi va texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, t.f.n. Xafizov Islom Mkramovich tomonidan “Elektr mexanik tizimlar va komplekslarni boshqarish” fanidan “Elektr mexanik tizimlarni avtomatik boshqarishning zamonaviy turlari va istiqbollari” mavzusida na’munaviy onlayn darsi o‘tkazildi.