Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Shu kunlarda Andijon mashinasozlik institutida bir qator fanlardan fan olimpiadalari bo‘lib o‘tmoqda. Kuni kecha shunday Olimpiadalardan biri “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanidan o‘tkazilib, unda institutimizning bir qator iqtidorli talabalari o‘z bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi.

“Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti” kafedrasi tomonidan tashkil qilingan olimpiadada 23 nafar talaba ishtirok etdi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni “Avtomobilsozlik” fakulteti “MSMSM” yo‘nalishi 3-kurs, 288-gurux talabasi Toxirova Dilrabo, 2-o‘rinni “Avtomobilsozlik” fakulteti “MSMSM” yo‘nalishi 4-kurs, 255-gurux talabasi Djarmatov Tashtanbek, 3-o‘rinni esa “Avtomobilsozlik” fakulteti “MSMSM” yo‘nalishi 4-kurs, 256-gurux talabasi Mamatisaqova Nilufar egalladi.

G‘oliblar olimpiadaning respublika bosqichiga yo‘llanma olish bilan birgalikda, tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.