Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yil 27-aprel kuni Andijon mashinasozlik instituti  asosiy bino kichik majlislar zalida SICHTE kafedrasi tomonidan “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ijtimoiy himoyalash mexanizmini takomillashtirish” Respublika onlayn ilmiy-amaliy  anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda 245 nafar professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etdi. Anjuman dastlab majlislar zalida bir qator professor-olimlarning ma’ruzasi bilan boshlandi. Ma’ruzalar yakunlangach anjumanning ikkinchi qismi sho‘balarga bo‘lingan holda davom etdi. Sho‘balarda ma’ruzachilar tomonidan ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolar ko‘tarilib  ularga yechimlar taklif etildi.

Anjuman quyidagi sho‘balarda o‘tkazildi:

  1. Iqtisodiy-ekologik tizim faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish masalalari;
  2. O‘zbekiston tarixini o‘rganish va talaba yoshlarga o‘rgatish muammolari;
  3. Raqamli iqtisodiyotda to‘qimachilik korxonalari rivojlanishini boshqarishda strategiyani amalga oshirish muammolari tadqiqoti;
  4. Korxonalarda mahsulot sifatini boshqarish;
  5. Вопроси активизации инновационных процессов в условиях цифровой экономики.
  6. Raqamli media ota-onalarning virtual-pedagogik madaniyatini rivojlantirish.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari