Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2021 yil 21 yanvardagi 07/1-42-son topshirig‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 11 yanvar PQ-4940-son qarorini amalga oshirish grafigini 8.3-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 27 aprel kuni soat 11:00da institutning katta majlislar zalida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

       Uchrashuvda Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining kadrlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Ashurov Botirjon Muqimovich, institut “Bitiruvchilar portfelini shakillantirish, ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi” boshlig‘i S.Yorqulov, “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Xodjakulov Muxtorjon Nazarqulovich va 100 nafardan ortiq bitiruvchi talabalar qatnashdilar.

      “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi kafedrasi katta o‘qituvchisi M.N.Xodjakulov uchrashuvni kirish so‘zi bilan ochib, u yig‘ilish qatnashchilariga Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining Kadrlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik B.M. Ashurov bilan tanishtirdi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining Kadrlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik B.M. Ashurovga so‘z berildi. U o‘z so‘zida, 2020/2021 o‘quv yili bitiruvchilariga, bitirganlaridan so‘ng ishga joylashish yuzasidan tegishli axborotlar hamda tavsiyalarni berdi. Jumladan nomzodlarning umumkasbiy va kasbiy (professional) bilimlarini baholashda bitiruvchilar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha to‘rt yil olgan bilimlarini va mahoratlarini test sinovlari orqali ko‘rsatish kerakligini aytib o‘tdi. Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar, tegishlicha javoblarni oldilar. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi chaqirtirilishi va ular bilan suxbatlar o‘tkazilib, ishga qabul qilish yo‘l yo‘riqlarini tushuntirdilar.

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari