Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yil 24-aprel kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy bino yoshlar bog‘ida O‘zbekiston xalq shoiri, she’rlari bilan yuraklarga kirib brogan shoir Muhammad Yusuf tavalludining 67-yilligi munosabati bilan badiiy kecha tashkil etildi. Kechani institut “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Haliqova olib bordi. Badiiy kechada har bir fakultetdan shoir hayoti va ijodiga qiziquvchi talabalardan jamoalar tuzilib musobaqa shaklida o‘tkazildi. Kechani institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.Ermatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng musobaqaning birinchi shart bo‘lmish talabalar uchun tayyorlangan bliss savollar berildi. Bliss savol-javoblar tugagandan so‘ng 2-shart bo‘yicha shoir she’rlaridan ishtirokchilar tomonidan o‘qib berildi. Keyingi shartda esa Muhammad Yusuf she’rlariga bastalangan qo‘shiqlar ijro etildi. Badiiy kecha so‘ngida faol qatnashgan talabalarga institut rektorining sovg‘alari Muhammad Yusuf kitoblari taqdim etildi.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari