Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yil 23-aprel kuni Andijon mashinasozlik instituti Transport va Logistika fakulteti anjumanlar zalida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida institut professor-o‘qituvchi va talabalari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbatni institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.Ermatov ochib berdi. Davra suhbatida Viloyat hokimligi xuzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasining ma’sul kotibi J.Mansurov, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi xodimi, katta tezkor vakili, podpolkovnik K.Maripov,  Andijon viloyat Psixonevrologiya dispanseri mutaxassisi. K.Mamatov – Andijon viloyat “OITSga qarshi kurashish” markazi bo‘lim boshlig‘I I.Xidirov, Andijon viloyat “OITSga qarshi kurashish” markazi mutaxassisi J.Mamadaliyeva,  Andijon viloyat “OITSga qarshi kurashish” markazi mutaxassisi L.Axmedova hamda Respublika narkologiya va OITSga qarshi kurashuvchi tashkilotlar mutaxasislari va Fakultet dekanlari va dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar hamda  nafar talabalar ishtirok etishdi.

 

Mazkur suhbatga taklif etilgan mutaxasislar yig‘ilganlarga giyohvandlik va shunga o‘xshash psixotrop dori vositalarining qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi shu bilan bir qatorda bu vositalarni yurtimiz hududida tarqalishiga yordam berish jinoiy javobgarlikka tortilishga olib kelishi haqida alohida ta’kidlab o‘tildi. Mutaxasislar tomonidan bunday illatlarga qarshi kurash bo‘yicha qilingan ishlar natijasida fuqarolar orasida bunday holatlar ancha kamayganligi shunday bo‘lsa hozirgi kungacha aniqlangan holatlarning ko‘p yoshlarimiz orasida kuzatilayotganligi bu esa ancha tashvishli holat bo‘lib, yoshlarimiz orasida giyohvandlik muammosini maksimal darajada hal etish bo‘yicha va bunday illatlarga qarshi kurashda har birmiz ma’sul ekanligimiz ta’kidlab o‘tildi. Shu jumladan viloyatimiz giyohvandlikka qarshi kurashda ancha yaxshi ko‘rsatkichlarga erishib, respublikada yetakchi o‘rinlarda borayotganlgi aytildi.

Suhbat so‘ngida mutaxasislar suhbat qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.

 

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari