Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yil 24-aprel kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy bino anjumanlar zalida  1- hamda 3- bosqich va stajyor-tadqiqotchilar uchun “Doktorantlar maktabi” ning navbatdagi seminar-treningi oʻtkazildi.

 Seminar-treningda  koʻrilgan birinchi masala  Patentlarni shakllantirish va uni xujjat koʻrinishiga olib kelish haqida keng qamrovda, mayda detallargacha tushuntirish, patent olishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilishda ma’ruzachi o‘z maslahatlarini berdi. Shuningdek yana bir masala doktorantlarning ilmiy faoliayti bilan bog‘liq bo‘lib, dunyoning yetakchi olimlari tomonidan Skopus va Veb of Sayns bazalarida chiqarilgan maqolalarini koʻrish va undan foydalanish. Trening so‘ngida doktorantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan javoblar olishdi.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari