Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O`zgalar qaroviga muhtoj, yolg`iz keksalar, nogironligi bor kishilarni moddiy va ma`naviy jihatdan qo`llab-quvvatlash xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan sanaladi. Bu ezgu fazilatlar ayniqsa mehru oqibat, yaxshilikni o`zida mujassam etgan muqaddas Mohi Ramazon oyida yuksak namoyon bo`ladi.

Andijon mashinasozlik instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Ra`noxon Yusupova va “Elektrotexnika “ fakultetining 292-19 guruh iqtidorli talaba yigit va qizlari ishtirokida 23 aprel kunning ikkinchi yarmida Andijon shahrining Ogahiy ko`chasi 3-uyda joylashgan Andijon “Saxovat” keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslar uchun internat uyiga bordilar.

Yolg`iz va nogironligi bor faxriylar uchun “Saxovat” uyida barcha shart –sharoitlar mujassam. Davlatimiz g`amxo`rligidan bahramand bo`lib kelayotgan ulug` yoshdagi insonlar bilan talaba yoshlar dildan muloqotda bo`ldi va ularning oltindanda qimmatli duolarini oldilar. Institut ma’muriyati, Xotin-qizlar kengashi va talabalar tomonidan esdalik sovg`alari ulashildi. Otaxon va Onajonlarimiz ko`rsatilgan e`tibor va e`zoz uchun o`z minnatdorlik so`zlarini bildirdilar.

Qo`ldoshev Bahodirjon otaga televizor sovg`a qilindi. Ota oyoqlari og`riyotganligi uchun televizor ko`rgani chiqishga qiynalayotgan edim deb, o`z minnatdorligini bildirdi. “Saxovat” uyidagi shart-sharoitlar qoniqarli darajada. Mazkur muassasada bugungi kunda 94 nafar qariyalar istiqomat qilib kelishmoqda. Ularning oziq-ovqati va kiyim-kechagi ta’minoti borasida barcha yetarli sharoitlar yaratib berilgan.Faxriylarning salomatligini mustahkamlash maqsadida shifokor va hamshiralar ham faoliyat olib borishadi. “Saxovat” uyi direktori Otabek Ismoilovning ma`lum qilishicha haftaning har juma kunlarida Andijon viloyati madaniyat bo`limi tomonidan qariya otaxon va onaxonlar ko`ngillarini shod etish maqsadida turli konsert dasturlari va ko’ngil ochar tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda. Bunday e`tibor o`z navbatida el-yurtimiz uchun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-muruvvat ramzi bo`lib kelayotgan muborak Ramazon oyini munosib o`tkazish, muruvvat, ahillik va hamjihatlikni ulug`lovchi ushbu fazilatli oyda ehtiyojmand va yordamga muhtojlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga xizmat qiladi.