Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Aprel oyi ohirlab borar ekan she’riyat ihlosmandlari uchun boshqacha kun yaqinlashyatgani sababli yurtimiz bo‘ylab she’rxonlik kechalari, badiiy tadbirlar o‘tkaziladi. Bunga sabab esa xalqimiz suyukli shoirlaridan biri, vatan kuychisi, xalq yuragiga yaqin she’rlar muallifi, Andijon farzandi Muhammad Yusufning tavallud kunidir. Aprel oyining 26-sanasida tavallud topgan edi O‘zbekiston xalq shoiri. Bu kunni munosib o‘tkazish maqsadida institut fakultetlar kesimida tadbirlar tashkil qilindi.

Birinchi bo‘lib 22-aprel kuni institutning Avtomobilsozlik fakulteti anjumanlar zalida fakultetning badiiy adabiyot, hamda she’riyatga qiziquvchi iqtidorli talabalari tomonidan badiiy kecha oʻtkazildi.Xalqimizning ardoqli farzandi, oʻzbek sheʼriyatining yorqin namoyandasi, Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati o‘tkazilgan tyadbirda shoir qalamiga mansub sherlar, qoʻshiqlar, raqslar va shoir xayotini aks ettiruvchi sahna koʻrinishlari talabalar tomonidan ijro etildi.

23-aprel kuni yana huddi shunday tadbir institutning Transport va Logistika fakultetida ham o‘tkazildi. Fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan shoir qalamiga mansub she’rlar, she’rlariga bastalangan qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek Muhammad Yusuf hayotidan sahna ko‘rinishi sahnalashtirildi. Tadbir so‘ngida kechada faol ishtirok etgan talabalarga hamda fakultet miqyosida o‘tkazilgan shaxmat musoboqasining g‘oliblariga  fakultet dekanatining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

 

 

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari