Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      Andijon mashinasozlik instituti ilmiy boʻlimi tomonidan Ilmiy faoliyat yetakchilari hamda xorijda oʻqish istagida boʻlgan talabalar ishtirokida ilmiy-amaliy onlayn (gibrit) seminar-trening tarzida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Seminar-trening kun tartibidagi asosiy masala “El-yurt umidi” jamgʻarmasining ochiq stipendiyalar tanlovida ishtirok etish tartibi toʻgʻrisida boʻlib, ushbu masala yuzasidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor U.A.Madrahimov talabalarga batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi. Talabalar “El-yurt umidi” jamgʻarmasining ochiq stipendiyalar tanlovida ishtirok etish boʻyicha oʻzlarining qiziqtirgan barcha sovollariga javob oldilar. Ochiq muloqot koʻtarinki ruhda va hozirgi pandemiya sharoiti talablariga muvofiq oʻtkazildi.

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari