Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yil 22-aprel kuni institut professor-o‘qituvchilari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Yig‘ilishni “Korrupsiyaga qarshi kurashish-“Komplaens nazorat tizimi”” boshlig‘i V.Turdiyev olib bordi.

Yig‘ilishda so‘ngi vaqtlarda korrupsiyaga qarshi qilinayotgan ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 martdagi 120-sonli “Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l haritasi”da belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i xususida so‘z bordi. Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish uchun tashkil etilgan davlat organlari va nazorat bo‘limlari faoliyati haqida ma’lumotlar berildi.  Shuningdek korrupsiyaning oqibatlari, keltirib chiqaradigan muammolari haqida ham aytib o‘tildi. Institutdagi o‘quv jarayonlarida korrupsiyani oldini olish unga qarshi har bir professor-o‘qituvchi ma’sul ekanligi aytildi. Korrupsiyaning salbiy oqibatlari bilan birgalikda bu jinoyatni sodir etgan fuqarolarning qonunchilida belgilab o‘tilgan javobgarlik holatlari haqida ogohlantirildi. Shuningdek qarshi kurashish hamda ko‘rilayotgan choralar natijasida korrupsiyaviy holatlar ancha kamayganligi ta’kidlandi. Institutda korrupsiyani yo‘qotish bo‘yicha professor-o‘qituvchilarga ko‘rsatmalar hamda maslahatlar berildi.  

 

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari