Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan AndMI ga biriktirilgan maktablarda joriy yilning 5-10 aprel kunlari quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1.Umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun umumta’lim fanlaridan akademik litsey o‘qituvchilari bilan hamkorlikda test savollari banki tuzilib, 6 aprel kuni barcha 6 ta maktablarning jami 187 nafar bitiruvchilari uchun Davlat test markazi bilan hamkorlikda tuzilgan Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun 5 ta fanni o‘z ichiga olgan barcha fanlardan abrobatsiya test sinovlari o‘tkazildi.
Mazkur test sinovlarida Qorasuv shahridagi 2- sonli umumta’lim maktabining 39 nafar bitiruvchilari, Bo‘ston tumani 2-sonli umumta’lim maktabining 21 nafar bitiruvchilari, Izboskan tumanidagi 8-sonli umumta’lim maktabining 25 nafar 11 sinf bitiruvchilari, Xonobod shahar 6-sonli umumta’lim maktabining 11 sinfining 10 nafar bitiruvchilari, Asaka tumani 24-umumta’lim maktabining 11-sinf bitiruvchilarining 27 nafari , Ulug‘nor tumanidagi 22 maktabning 2 nafar bitiruvchilari – jami 124 nafar bitiruvchilar test sinovlarida faol ishtirok etdilar. Ushbu o‘tkazilgan abrobatsiya test sinovlarining javoblar varaqalari Davlat test markaziga taqdim etildi. Test sinovlarining javoblari chiqqandan so‘ng umumta’lim maktablariga ro‘yhat asosida taqdim etiladi.

2.Izboskan tumani 8-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Kitoblar bayrami” aksiyasida ishtirok etildi.

3.Barcha 6 ta umumta’lim maktablarining bitiruvchilarini jalb etgan holda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Telegram kanali ochilib, ushbu kanal orqali o‘quvchi va o‘qituvchilarga turli test savollari va ular uchun foydali bo‘lgan ma’lumotlar yuborilishi yo‘lga qo‘yildi.