Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775 son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Andijon mashinasozlik institutida Yevropa Ittifoqining “ERASMUS+” dasturi doirasidagi “INTRAS”, 574055-ERR-1-2O16-1-IT-ERRKA2-SVNE-ЈR “Intelligent Transport Systems: New ICT-based Master’s Curricula for Uzbekistan” (“Intellektual transport tizimlari: AKT ga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi Magistratura dasturi”) loyihasi bo‘yicha ish olib borilmoqda.

      Ayni vaqtda Jizzax politexnika institutida “Erasmus+” dasturining “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish” yo‘nalishi doirasida amalga oshirilayotgan “Intellektual transport tizimlari: AKT ga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi Magistratura dasturi” loyihasi monitoring uchrashuvi o‘tkazilmoqda.

     Ushbu monitoring uchrashuvda O‘zbekistondagi INTRAS halqaro loyihasi a’zolari, Andijon mashinasozlik institutidan “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedrasi professori Olimov Lutfiddin Omanovich hamda “Magistratura” bo‘limi boshlig‘i Aliev Suxrob Rayimjonovich ishtirok etmoqda. Uchrashuv jarayonida “Intellektual transport tizimlari: AKT ga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi Magistratura dasturi” loyihasi doirasida Andijon mashinasozlik institutida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berishdi. Hisobot loyiha a’zolari tomonidan ijobiy qabul qilindi.