Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga guruh nazoratchisi sifatida oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va xalq ta’limi tizimidagi rahbar va pedagog xodimlari shartnoma asosida jalb etiladi.

Bunda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya e’tilgan nomzodlar uchun bir necha bosqichda o‘quv-seminarlar tashkil etiladi hamda seminarlar yakunlangandan so‘ng imtihon o‘tkazilib, munosiblari tanlab olinadi.

Shu maqsadda 2021-yil 2-aprel kunidan  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida guruh nazoratchiligiga nomzodlar uchun o‘quv-seminarlar boshlandi.

O‘quv-seminarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 7-aprel kuniga qadar, Toshkent shahrida 9-aprel kuniga qadar davom etadi.

O‘quv-seminarlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya e’tilgan 6 mingga yaqin pedagog xodimlar ishtirok etishi belgilangan.

Mashg‘ulotlar Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan maxsus ishlab chiqilgan o‘quv dasturi asosida o‘tkazilmoqda.

2021-yil 2-aprel kuni Andijon mashinasozlik institutida 2021/2022-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, guruh nazoratchisi sifatida tavsiya etilgan nomzodlar uchun Davlat test markazi Andijon viloyati bo’limi xodimlari tomonidan o’quv seminari oʼtkazildi. o’quv seminarida prorektor Q.Ermatov va 35 nafar pedagog xodimlar ishtirok etishdi.