Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yil 2-aprel institut asosiy binosi anjumanlar zalida institutning navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash avvalida bir qator ustozlar hamda talabalar taqdirlandilar. Gumanitar fanlar kafedrasi professori Qiyomiddin Muftaydinov professorlik diplomini olgani munosabati bilan, institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Ra’no Yusupova uzoq yillik samarali xizmatlari uchun tashakkurnoma bilan, Orifjon Xudoyberdiyev PhD ilmiy darajasi bilan va hamda O‘zbek tili kafedrasi katta o‘qituvchisi Shukrullo Xurboyev 60 yillik yubileyi hamda 30 yildan ortiq mehnat faoliyati munosabati bilan taqdirlandilar. Shuningdek Andijon mashinasozlik instituti rektorining  2019-yil 5-sentyabrdagi 738-son buyrugʻi bilan taʼsis etilgan  nomli rektor stipendiyalari (M.A.Xadjinova (qizlar uchun), P.Q.Xabibullayev, N.I.Tashlanov, I.N.Ermatov, T.K.Iminov nomidagi), institut ilmiy kengashining 2021-yil 29-yanvardagi 7-son qarori bilan tasdiqlangan “Yilning ilmiy faol talabasi” tanlovi nizomi hamda joriy yil 27-fevraldagi 61-son buyrugʻi  bilan tasdiqlangan  “Yilning ilmiy faol talabasi-2020”  nominatsiyasida 2020-yil ilmiy faoliyati boʻyicha quyidagi talabalar taqdirlandilar:

 

  1. “Akademik Maqsuda Xadjinova” nomidagi stipendiya sohibasi deb Avtomobilsozlik fakulteti MSMSM yoʻnalishi 4-kurs talabasi Komilova Ominaxon Zohidjon qizi taqdirlandi;
  2. “Akademik Poʻlat Xabibullayev” nomidagi stipendiya sohibi deb Mashinasozlik texnologiyasi va jixozlari yoʻnalishi 2-kurs magistranti Teshaboyev Oybek Abdumannob oʻgʻli taqdirlandi;
  3. “Professor Neʼmatjon Tashlanov” nomidagi stipendiya sohibi deb Avtomobilsozlik fakulteti Avtomobilsozlik va traktorsozlik yoʻnalishi 4-kurs talabasi. Raximjonov Akmaljon Baxtiyor oʻgʻli taqdirlandi;
  4. “Professor Ismoiljon Ermatov” nomidagi stipendiya sohibi deb Transport logistikasi fakulteti Xizmatlar soxasi 3-kurs talabasi Soliyev Bobirjon Abdurayim oʻgʻli taqdirlandi;
  5. “Professor Toxir Iminov” nomidagi stipendiya sohibi deb Avtomobilsozlik fakulteti Avtomobilsozlik va traktorsozlik yoʻnalishi 4-kurs talabasi Murodaliyev Abdulnosir Shavkatbek oʻgʻli taqdirlandi;

“Yilning ilmiy  faol talabasi-2020” tanlovi bo‘yicha:

  1. “Yilning ilmiy faol talabasi-2020” tanlovning 1-darajali diplomi bilan-Texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish yoʻnalishi 4-kurs talabasi – Odilov Islombek Bahromjon oʻgʻli (mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,5 (bir yarim) baravaridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi).
  2. “Yilning ilmiy faol talabasi-2020” tanlovning 2-darajali diplomi bilan Metralogiya standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti yoʻnalishi 4 – kurs talabasi – Madaminova Diyoraxon Anvarjon (mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1 (bir ) baravaridagi  pul mukofoti bilan taqdirlandi).
  3. -“Yilning ilmiy faol talabasi-2020” tanlovning 3-darajali diplomi bilan Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi” yoʻnalishi 2 – kurs magistranti-Mamirov Abduvoxid Muhammadamin oʻgʻli (mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 0,5 ( yarim) baravaridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi).

Ilmiy kengashda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Talabalarning yakuniy davlat attestatsiya sinovlariga tayyorgarlik ishlarining borishi haqida;

Talabalarning malakaviy va bitiruv oldi amaliyoti haqida;

2020-2021 o‘quv yilining birinchi yarim yillik yakunlari haqida ;

Andijon mashinasozlik instituti professor-o‘qituvchi, ishchi-xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, ularga ustama haq belgilash, qayta ko‘rib chiqish, bekor qilish bo‘yicha tuzilgan doimiy komissiya faoliyati haqida;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 1030-son qarori asosida professor-o‘qituvchilarga ustama haq to‘lash to‘g‘risida;

Ijro intizomi va hujjatlar nazorati hamda ushbu jarayonni amalga oshirish haqida;

Andijon mashinasozlik texnikumining faoliyati to‘g‘risida;

Lavozimlarga tanlovlar. Shu va boshqa masalalarga murojaat qilindi.

Yuqoridagi masalalar bo‘yicha prorektorlar, dekanlar, bo‘lim boshliqlarining xisobotlari tinglangdi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari