Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 4-mart 2021 yilgi №87-03-1264 xatiga asosan,  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida talaba-yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi bayoni bilan tasdiqlangan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining talaba-yoshlar  bilan onlayn uchrashuvida bildirilgan taklif va mulohazalarni amalga oshirish bo‘yicha chor-tadbirlar rejasining 17-bandida turli oliy ta’lim muassasalaridagi katta tajribaga ega nufuzli professor-o‘qituvchilarning na’munaviy darslarini boshqa oliy ta’lim muassasalaridagi onlayn translyatsiya qilish vazifasi belgilanganligini inobatga olgan holda, mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” kafedrasida  1-aprel 2021 yil soat 15-00 da “TJIChAB” yo‘nalishi 3-kurs talabalariga Toshkent davlat texnika universiteti “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasi professori, t.f.d. Muxiddinov Djalol Pattidinovich tamonidan “Matematik modellash va uning qo‘llanilishi” mavzusida na’munaviy onlayn darsi o‘tkazildi.

Na’munaviy darsining navbatdagisi 2021 yil 8-aprel kuni soat 15-00 da o‘tkazilishi rejalashtirildi, unda “TJIChAB” yo‘nalishi 4-kurs talabalari qatnashadi.

Xuddi shunday, boshqa oliy ta’lim muassasalaridagi na’munaviy darslarini onlayn translyatsiya qilish ishlari institutning “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi tomonidan ham olib borilmoqda