Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Yoshlar ishlari agentligi hamda Birlashgan millatlar tashkilotining hamkorlikdagi “JustStart” akselerator dasturlarini amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar yordamida yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, hususan xotin-qizlarni axborot kommunikatsion texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish va yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.

     “Just start” dasturi Fargʻona vodiysidagi 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarning oʻz bizneslarini boshlash va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishlarida nazariy va amaliy yordam koʻrsatishga moʻljallangan. Onlayn taʼlim va treninglar orqali Fargʻona vodiysida axborot texnologiyalari (IT), fan, ekologiya, qishloq xoʻjaligi, xotin-qizlar tadbirkorligi sohasida innovatsion loyihalarni tayyorlashda amaliy yordam koʻrsatiladi. 

     Dastur yakunida jamoalar tomonidan ishlab chiqilgan va eng yaxshi deb topilgan 10 ta loyihaga 5000 AQSH dollari miqdorigacha begʻaraz grant taqdim etildi.

     Andijonda mashinasozlik instituti “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi 4-kurs 251-17 guruh talabalari Raximov To’lqinjon, Mamatov Baxodir, Ro’ziyev Shuxratillo va “EEE” yonalishi 259-17 talabasi Abduvaxobov Sardorbeklar   “Juststart” akseleratori dasturida qatnashdi va 5000 AQSH dollari miqdorida grant sohibi bo’lishdi.

    Dastur toʻrt oy davom etdi va shu muddat ichida ishtirokchilarga muayyan gʻoyani yaratishdan boshlab startap loyihasini ishlab chiqish va uni boshlangʻich kapitalni (kichik grantni) olgunga qadar bosqichlardan oʻtish imkoniyati berildi.

     Mazkur dastur doirasida loyiha ishtirokchilari kelgusida biznes gʻoyani rivojlantirish boʻyicha ishlarni birgalikda amalga oshirish maqsadida jamoa tuzish uchun oʻz hamfikrlarini topish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Dastur davomida yurtimizdagi mashhur ishlab chiqarish korxonalariga onlayn tashrif buyurishdek imkoniyatga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, ular ilgʻor tadbirkorlar, biznesni boshlashda ko‘maklashuvchi malakali murabbiy va yetakchi mutaxassislardan onlayn maslahat va foydali fikr va gʻoyalar olishdi. Bunday qimmatli maslahatlar yordamida esa, jamoalarning oʻz biznes gʻoyalarini amalga oshirish va kichik grantlarga ega boʻlish imkoniyatlari yanada ortdi.

     Shu bois, Farg‘ona vodiysi yoshlariga COVID-19 pandemiyasi sharoitida uydan turib tadbirkorlikning eng muhim sir-asrorlarini o‘rganish, jamoa tuzib yangi innovatsion va foydali startap g‘oyani amalga oshirish uchun beg‘araz grant yutib olish taklif etildi.

     Dastur bugungi kunga qadar ishtirokchilarga mahalliy va xalqaro ekspertlar tomonidan quyidagi mavzularda vebinarlar o‘tkazildi:

  • Mobil ilovalarni dasturlash;
  • Biznes-reja yaratish;
  • Video tasvirga tushirish;
  • Taqdimotlar tayyorlash;
  • Mentorlik;
  • IT sohasidagi karyera;

      O‘tgan 2 oy mobaynida ishtirokchilar mukammal bilim va ko‘niklaridan kelib chiqib o‘zlari yaratgan innovatsion va ijtimoiy ahamiyatga ega mobil ilovalarinining taqdimotini qilishdi. 

     Ta’kidlash lozimki, IT sohasi kelajakdagi dolzarb kasblardan sanaladi! Onlayn mashg‘ulotlarda egallagan bilimlar qizlarga raqobatdosh mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlariga imkon beradi.

     Tadbirda O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining O’zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim hamda BMTning giyohvand moddalari va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Ashita Mittal xonim so’zga chiqdi. 

     Tadbir davomida O’zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning naqadar muhim va dolzarbligi ta’kidlanib, bu borada BMTTDning har tomonlama hamkorlik qilishga tayyor ekani qayd etildi. Online va oflayn formatida bo‘lib o‘gan tadbirda zoom orqali Farg‘ona vodiysining turli nuqtalaridan qatnashayotgan yoshlar bilan jonli muloqot uyushtirildi, ularga kelgusidagi ishlariga omadlar tilandi.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xodimlari