Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Davra suhbati institutning Transport va logistika fakulteti binosi katta anjumanlar zalida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida institutning Avtomobilsozlik, Mashinasozlik texnologiyasi, Transport va logistika, Elektrotexnika hamda Texnologik jarayonlarni boshqarish va kompyuter tizimlari fakultetlaridan jami 100 nafar talabalar va 10 dan ziyod professor-oʻqituvchilar ishtirokida boʻlib oʻtgan davra suhbatiga Andijon shahar Bosh imomi M.Rojidinov, “Sayyid Muhyiddin maxdum” oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻqituvchisi R.Oʻrinboyev hamda Andijon viloyati “Maʼnaviyat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, institutning Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori A.Ermatov va institutning “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat” boʻlimi boshligʻi M.Xaliqovalar ishtirok etdilar.

Davra suhbatini Andijon viloyati “Maʼnaviyat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, institutning Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori A.Ermatov olib bordi va davra suhbatida ishtirok etayotgan maʼruzachilarni talabalarga tanishtirib oʻtdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan soʻz navbatini “Sayyid Muhyiddin maxdum” oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻqituvchisi R.Oʻrinboyev berdi.

R.Oʻrinboyev oʻz soʻzida, hozirgi kunda koʻz oʻngimizda dunyoning turli joylarida roʻy berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur oʻzgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, gʻoyaga qarshi gʻoya, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish har qachongidan koʻra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hammamizga maʼlumki har qanday kasallikning oldini olish uchun avvalo kishi organizmida unga qarshi kurashuvchi immunitet hosil qilinadi. Shunday ekan, biz yoshlar ongida ham ona Vatanimizga boʻlgan muhabbatimiz, qadimiy boy tariximizga, ota-bobolarimiz kabi oʻz dinimizga sadoqat tuygʻularini yanada shakillantirishimiz, kelajak avlodlarga yetkazib, kerak boʻlsa ularning ongida va qalbida mafkuraviy, maʼnaviy immunitetni kuchaytirish muhim vazifalardan biri ekanligi toʻgʻrisida toʻhtalib oʻtdi.     

Davra suhbatida Andijon shahar Bosh imomi M.Rojiddinov soʻz olib, yoshlardagi maʼnaviy boʻshliqni toʻldirish uchun ularni turli tajovuzlardan himoya qilish uchun avvalo ularning qalbida Vatanimizga boʻlgan muhabbatni yanada kuchaytirish, buyuk tariximizni, milliy urf-odatlarimizni qalblariga singdirish zarurligi, shuningdek, milliy oʻzligimizga salbiy taʼsir koʻrsatgan milliy qadriyatlarimizni rivojlanib borishiga toʻsqinlik qilayotgan turli koʻrinishdagi “ommaviy madaniyat”ning turli koʻrinishlari, nomaʼqul odatlari haqida ham ochiq soʻz yuritdi. Birinchi navbatda hudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urugʻchilik va mahalliychilik, manfaatparastlik va korrupsiya, oʻzgalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatimizni butunlay halos etishda yoshlarning oʻrni beqiyos ekanligi borasida oʻz fikrlarini bildirdi.

Yigʻilish davomida talabalar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga maʼruzachilar tomonidan javoblar berildi.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari