Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2021-yilning 25-mart kuni institutning asosiy binosi katta anjumanlar zalida Ilmdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmagay mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Axborot va murabbiyilik soati doirasida Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari fakulteti talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan davra suhbatiga Sayyid Muhyiddin maxdum o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchisi Ravshanbek O‘rinboyev taklif etildi.

     Davra suhbatini institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Muxtaram Xaliqova olib bordi va bugungi suhbat orqali ma’ruzalarni qunt bilan tinglab kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin ekanligi aytildi. Shuningdek ularni mavzuga oid savollar bilan faol ishtirok etishga undab, so‘zni Sayyid Muhyiddin maxdum o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchisi Ravshanbek O‘rinboyev berdi.

     Ravshanbek O‘rinboyev mavzu bo‘yicha kirish so‘zini Allohning muqaddas kalomi Qur’oni Karimda keltirilgan ilm haqidagi oyatlar bilan boshladi. Qur’oni Karimda ilm haqida 700 dan ortiq joyda zikr qilinganligini ta’kidladi.

     Shuningdek ilm o‘rganish borasida payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam hadislaridan ham keltirib o‘tdi. Shuningdek Ilm juda keng tushuncha ekanligi, uning dunyoviy yoki diniy emas, balki ilmni o‘rganishlikdan maqsadga qarab uni maqtovli va maqtovsiz bo‘lishini aytdi. Ya’ni bir inson ilm o‘rganish ortidan o‘ziga obro‘ va e’tibor ko‘zlashlikni maqsad qilsa, bu ilm uning bu dunyoda rohatiga xizmat qilishi mumkin, ammo ohiratda zarariga xizmat qilishini aytib, ilmni insonlarga manfaat keltirish va bu orqali o‘zini ham halol risqlantirish uchun o‘rganmoqlik joiz ekanligini ta’kidladi. Ilm o‘rganish muqaddas dinimizda farz amalga tenglashtirilganligining tub mazmuni va mohiyatini tushuntirib berdi.

     Davra suhbati yakunida ma’ruzachi tomonidan sohaga oid savollarga javoblar berildi.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xodimlari