Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2021-yil 24-mart kuni institutimizda Oʻzbekiston Respublikasi Xavfsizlik kengashining 2021-yil 12-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida boʻlib oʻtgan kengaytirilgan yigʻilishida oliy talim muassasalaridagi yoshlar orasida ekstremizm gʻoyalariga berilishining oldini olish hamda ularni ilm-fan va kasb hunarga qiziqtirish masalasida magistr talabalar bilan “Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay” mavzusi doirasida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

        

   Ochiq muloqotni ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor U.Madrahimov va magistratura boʻlimi boshligʻi S.Aliyevlar olib bordilar. Unda talabalarni ilm-fanga yoʻnaltirish, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari haqida tushunchalar berildi. Institut patentlashtirish ishlarini tijoratlashtirish  xodimi O.Mirzayev magistrlarni “Google.scholar” saytida roʻyxatdan oʻtish va ilmiy nashrlarni bazaga kiritish boʻyicha tushinchalar  berib oʻtdi. Ochiq muloqotda iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi N.No‘monjonova boʻlim tomonidan 12-27-mart kunlari davomida eʼlon qilingan  startap loyihalar tonlovi haqida va unda ishtirok etuvchilar oʻz loyihalari bilan qatnashishlarini aytib oʻtdilar. Ochiq muloqot soʻngida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari