Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yil 18-mart kuni iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi tomonidan iqtidorli talabalarni “Start up” loyihalarga keng jalb qilish, “Eng yaxshi innovatsion gʻoya egalari” ni tanlab olish maqsadida 12-27-martga qadar eʼlon qilingan tanlov yuzasidan innovatsion gʻoyasi bor talabalar uchun konsultatsiya va ochiq muloqot tashkil etildi. Ochiq muloqot ikki smenada tashkil etildi, unda asosan 1- va 2-kurs talabalari ishtirok etishdi.

Ochiq muloqotni iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish boʻlimi boshligʻi N.No‘monjonova olib bordi. Talabalarga innovatsion va “start up’ loyihalar boʻyicha tushuncha berildi.  Oʻz loyihasiga ega va bu borada yutuqlarga erishgan talabalardan O.Umarov, A.Akbarov va  S.Azimovlar oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar. Ochiq muloqot qizgʻin va bahs-munozarali tarzda boʻlib oʻtdi, talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari