Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Yigʻilishni institutning Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori A.Ermatov kirish soʻzi bilan ochib, yigʻilganlarga huquqbuzarlik va jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, uning yoshlar kelajagi uchun oʻta havfli illat ekanligi toʻgʻrisida qisqacha tushuncha berib oʻtdi hamda yigʻilganlarga tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirdi. Shundan soʻng institutning sobiq talabasi (Institut rektorining 2019-yil 1-apreldagi 86-sonli buyruq asosida institut bilan aloqasini uzganligi uchun talabalar safidan chiqarilgan) tomonidan sodir etilgan jinoyatchilik xususida toʻhtalib oʻtdi hamda mazkur holat boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi. Shundan soʻng soʻz navbatini Andijon shahar IIOFMB 4-sonli IIB PI kapitani Fazliddin Yo‘ldashevga berdi.

F.Yo‘ldashev oʻz soʻzida, mamlakat va jamiyat xavfsizligi azaldan davlatning asosiy masalalaridan boʻlib kelayotganligi, ayniqsa, yurtimiz mustaqillika erishgach, asosiy eʼtibor yoshlarga qaratilatganligi va ular orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha olib borilayotgan ishlar dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi xususida toʻhtaldi. Yoshlar orasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik, ekstremizm va terrorizm, missionerlik, radikalizm, prozelitizm va diniy aqidaparastlik oqimi, yovuz niyatni koʻzlovchi oqimlar oʻzga davlatlarning rivojlanishiga tahdid solish va bu orqali dunyoga hukmronlikka erishishga intilyotganligi toʻgʻrisida fikr bildirib, talabalarga bunday salbiy holatlar taʼsiriga tushib qolmaslik, bor eʼtiborni taʼlim va tarbiya olishga qaratishi kerakligi xususida gapirib oʻtdi.

Andijon shahar IIOFMB 4-sonli IIB PI katta leytenanti Jahongir Qodirov yigʻilishda soʻz olib, bugungi kunda yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olishda eng avvalo yoshlarda huquqiy bilimni yuksaltirish, ularga huquqiy bilimlarni egallashlari uchun taʼlim muassasalari tomonidan keng sharoitlar yaratib berish hamda huquqshunoslik fani boʻyicha dars soatlarini koʻpaytirish orqali erishilishi, bundan tashqari yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlar oʻtkazish koʻlamini oshirish maqsadga muvofiq boʻlishi toʻgʻrisida gapirib, institutning sobiq talabasi tomonidan sodir etilgan jinoyat ishi yuzasidan oʻzining fikrlarini bildirib oʻtdi. Kelgusida talabalar va yoshlar orasida mana shunday jinoyatchilik holatlarini kelib chiqishini oldini olish maqsadida oʻzining taklif va tavsiyalarini berdi. Yigʻilish davomida soʻz yuritilgan masalalar yuzasidan talabalarni qiziqtirgan savollariga tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari