Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Avvalroq xabar berganimiz 2021-yil 17-mart kuni A.Ermatov institut qoshidagi Akademik litseyga tashrif buyurib u yerdagi talabalar bilan ochiq suhbat o‘tkazgan edi. Shu suhbat chog‘ida A.Ermatov yotoqxonadagi yashovchi talabalar bilan suhbat chog‘ida kechki ovqatga kelishga vada bergan edi. Shu kuni kechki ovqat vaqtida vada berganidek prorektor litsey yotoqxonasiga tashrif buyurdi hamda yotoqxonada yashovchi talabalar bilan bir piyola choy ustida suhbat qurdi. Shuningdek bu suhbatda institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xaliqova ham bo‘ldi. Suhbat chog‘ida ustozlar bo‘lajak oliy ta’lim muassalari talabalariga o‘z hayot yo‘llari, hayotiy tajribalari, faoliyatidagi yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar. Suhbat so‘ngida talabalarga bo‘lajak imtihonlarda omad tilab hayrlashdilar.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari