Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yil 17-mart kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy bino anjumanlar zalida institutdagi guruh murabbiylari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni institut rektori U.M.Turdialiyev olib bordi. Yig‘ilishda birinchi bo‘lib yurtimizda koronavirus infeksiyasini bilan kasallanish holatlari yana ko‘payib borayotganligi hamda uning institutda tarqalishiga yetarlicha qarshi kurashish kerakligi haqida bo‘ldi. Infeksiyaning institutimizga kirib kelmasligi uchun qilinadigan ishlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Institut hududida doimiy tarzda tibbiy niqobda yurish shart ekanligi va buni nazoratga olish kerakligi ta’kidlandi. 

Tanqidiy kechgan yig‘ilish davomida talabalarning darsga qatnashish jarayoni, ko‘p dars qoldirayotgan talabalar, ularni darslarga qiziqtirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida fikr-mulohazalar tinglandi. Shuningdek institutda tahsil olayotgan talabalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha institutda yaratilgan imkoniyatlar borasida guruh murabbiylariga tushunchalar berildi. Talabalarni qiynab kelayotgan muammolar bo‘yicha guruh murabbiylar tomonidan berilgan savollarga institut rektori tomonidan javob berildi. U.M.Turdialiyev institutdagi kadrlar malakasini oshirish, ularni qo‘shma dasturlar orqali ilm-fanda yuqori natija ko‘rsatayotgan mamlakatlarga grant asosida malaka oshirish uchun yuborish, o‘zining ilmiy ishlari bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha har qanday yordamga tayyorligini bildirdi.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev 

Institut matbuot xizmati xodimlari