Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2021-yil 21-yanvardagi 07/1-42-son topshirigʻiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-yanvar PQ-4940-son qarorini amalga oshirish grafigini 8.3-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2021-yil 18-mart kuni soat 10:00 da institutning katta majlislar zalida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Uchrashuvda institut oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Q.Ermatov, Bitiruvchilar portfelini shakllantirish, ishga taqsimlash va monitoring boʻlimi nazoratchisi D.Razaqova, oʻqituvchilar va  100 nafardan  ortiq bitiruvchi talabalar  qatnashdilar. Uchrashuvni kirish soʻzi bilan institut oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Q.Ermatov ochib berdi. So‘ngra yigʻilish qatnashchilarini “ARTEL” kompaniyasi injeneri Isaqov Gʻayrat Usmonovich va injener Eshov Ibroxim Rixsoboyevich bilan tanishtirdi. “ARTEL” kompaniyasi injeneri Gʻayrat Isaqovga soʻz berildi. U oʻz soʻzida, 2020/2021 oʻquv yili bitiruvchilariga, bitirganlaridan soʻng ishga joylashish yuzasidan tegishli axborotlar  hamda tavsiyalarni berdi. Jumladan nomzodlarning umumkasbiy va kasbiy (professional) bilimlarini baholashda bitiruvchilar oʻz yoʻnalishlari boʻyicha toʻrt yil olgan bilimlarini va mahoratlarini test sinovlari orqali koʻrsatish kerakligini aytib oʻtdi. Soʻngra kompaniya tarkibidagi zavodlarning ishlab chiqarish jarayonlari toʻgʻrisidagi video roliklar koʻrsatildi.  Uchrashuv soʻngida talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar, tegishlicha  javoblarni oldilar hamda “ARTEL” kompaniyasi xodimlari tomonidan ishga kirish uchun bitiruvchi talabalardan anketa-obyektivka olindi va kompaniya bosh ofisiga chaqirtirilishi va ular bilan suxbatlar oʻtkazilib, ishga qabul qilish yoʻl yoʻriqlarini tushintirdilar.

     

 

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev 

Institut matbuot xizmati xodimlari