Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yi 16-mart kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy bino anjumanlar zalida Germaniya Respublikasining ABM Anlagenbau & Maschinetechnik GMBH, Index werke, B-Tec hamda Chiron-Werke GMBH & Co.Kg kompaniyalarning taqdimot seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarni institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Q.Ermatov ochib berdi. Shundan so‘ng tashrif buyurgan kompaniya vakillari o‘z mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha o‘z ko‘rgazmalarini taqdim etdilar.

Birinchi bo‘lib ABM kompaniyasining direktori o‘z taqdimotini namoyish etgan bo‘lsa keying navbatda Chiron-Werke kompaniyasining direktor o‘rinbosari o‘z kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan uskunalar hamda extiyot-qismlar haqida ma’lumotlar berdi. Taqdimotning keying qismida mehmonlar uchun kofe time tashkil etilib shundan so‘ng yana anjumanlar zalida taqdimotlar davom ettirildi. Index werke kopmaniyasi taqdimotidan keyin esa B-Tec kompaniyasi tomonidan taqdimot davom ettirildi. Taqdimotlar yakunlangandan so‘ng institute oshxonas tushlik tashkil etildi. Seminar yakunida kompaniya mahsulotlariga qiziqish bildirganlar hamda kompaniya vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

   

 

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari