Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

16-mart sanasida Andijon mashinasozlik instituti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi hamda institut «Talabalar assotsiatsiyasi» iqtidorli talabalar Kengashi hamkorlikda rus tilida yoshlarni erkin fikrlashga va oʻz fikrini ravon bayon etishga oʻrgatuvchi debat musobaqasi boʻlib oʻtdi. Mazkur debat mashxur «Carl Popper» usulida tashkil etildi.Musobaqada ikki jamoa – Institutning «Голос» jamoasi hamda Andijon yuridik texnikumining «Юристы» jamoasi  rus tilida, «Язик денег понятен всем, верно ли это утверждение?» mavzusida oʻzaro munozaraga kirishdilar.

Debatni tajribali hakamlar hayʼati jamoasi – Hatamjon Malikov, Dilrabo Yunusova hamda Saida Ashurovalar baholab bordilar. Murosasiz fikrlar xilma-xilligiga boy oʻtgan debat musoabaqasi yakunda 30 : 25 ball hisobida institutning «Голос» jamoasi foydasiga yakunlandi.

Musobaqa soʻngidasoʻzga chiqqan Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri H.Joʻrabekova tashkil etilgan debat musobaqasi yuqori kayfiyatda yakunlanganini taʼkidlab, talabalarni mustaqil fikrlashga, oʻz fikrini omma oldida ravon bayon eta olishlariga yordam beruvchi mana shunday debat musobaqalari doimiy tarzda tashkil etib borilishini maʼlum qildi.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari