Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-son va 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PF-5812-son Farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti olimalari tomonidan “Taʼlim-tarbiya, ilm-fan, texnika va texnologiya hamda innovatsion yoʻnalishlarda olima ayollarning oʻrni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

I

2021-yilning 15-mart kuni Andijon mashinasozlik institutining asosiy bino anjumanlar zalida institut “Olima ayollar kengashi” hamda institut “Xotin-qizlar maslahat kengashi” hamkorligida “Taʼlim-tarbiya, ilm-fan, texnika va texnologiya hamda innovatsion yoʻnalishlarda olima ayollarning oʻrni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Anjumanni institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Q.Ermatov hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori U.Madrahimovlar ochib berdi. Anjumanda Oliy taʼlim muassasalarining olimalari, mustaqil izlanuvchilari, tadqiqotchilari, doktorantlari, talaba-qizlar, kasb xunar maktablari, kollejlari, texnikumlar hamda akademik litseylarda faoliyat olib borayotgan opa singillarimiz ishtirok etishlari va ular tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlari, ilmiy-texnik ishlanmalari va tadqiqot natijalari aprobatsiyadan oʻtkazildi.

 

 

         

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev 

Institut matbuot xizmati xodimlari