Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf
  1. Joriy yilning 11-12-mart kunlari institutimizga Oliy ta’lim muassasalari va maktablar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari asosida viloyatdagi maktablarning bitiruvchi o‘quvchilari tashrif buyurishdi. Xususan Shahrixon tumani 20- va 53-umumta’lim maktablari, Izboskan tumani 30-umumta’lim maktabi, Paxtaobod tumani 36-umumtaʼlim maktabi, Xonabod shahri 9-DIMI, Asaka shahar 8-umumtaʼlim maktabi, Asaka tumani 10-umumtaʼlim maktabi, Oltinkoʻl  tumani 40-umumta’lim maktabi, Izboskan tumani 7-umutmat’lim maktablaridan 300 ga yaqin bitiruvchi o‘quvchilar ochiq eshiklar kuni sifatida tashrif buyurishdi. 

 Tashrif davomida o‘quvchilar institutning moddiy-texnik bazasi va shu asosida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Tashrif buyurgan bitiruvchilarga institut tarixi, xozirda barcha yoʻnalishlarda olib borilayotgan faoliyat, talabalarga taʼlim olish uchun yaratilayotgan shart sharoitlar, nomdor stependiatlar, Zulfiya Davlat mukofoti sovrindorlari, sport ustalari, chempionlar,  bizning institutga biriktirilgan koʻrsatkichi nisbatan past boʻlgan maktablar bilan oʻzaro imzolangan Memorandum asosida olib borilayotgan amaliy ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.Shuningdek o‘quvchilar tomonidan qabul jarayoniga oid berilgan savollarga javob berildi.Katta anjumanlar zali, shinam oshxona, keng va yorug‘ auditoriyalar, zamonaviy laborotoriya jihozlari bilan jihozlangan xona, sport zallari, fitnes klubi, 15 mingga yaqin adabiyotga ega Axborot-resurs markazi, cheksiz internet tarmog‘i kabi institutda yaratilgan shart-sharoitlar o‘quvchi yoshlarda ham talaba bo‘lish istagini yanada kuchaytirgan bo‘lsa ajab emas.

.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari