Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yil 11-mart kunidan boshlab institut talabalari hamda uyushmagan yoshlar o’rtasida sportning minifutbol turi bo’yicha «Rektor Cup» musobaqasiga start berildi. Musobaqa boshlang’ich bosqichda bo’lib hozirda jamoalar o’z fakultetidagi raqib jamoalar bilan kuch sinashmqoda. Keyingi bosqichda esa fakultet miqyosidagi g’oliblar Rektor kubogi uchun bahslarga kirishishadi. Musobaqaning birinchi kunida «Transport va Logistika» fakulteti talabalari o’rtasida musobaqaning birinchi turi o’tkazildi. Bugun 12-mart kuni esa «Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari» hamda «Eleketrotexnika» fakulteti talabalari o’rtasida o’yinlar tashkil etildi.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari