Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yil 11-mart kuni “Kafedra haftaliklari” doirasida 2-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida institutning “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan bir piyola choy atrofida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda institutning Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori A.Ermatov, “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat” boʻlimi boshligʻi M.Xaliqova, fakultet dekanlari, dekan muovinlari hamda “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” kafedrasi jamoasi ishtirok etdilar. Yigʻilishni institutning “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat” boʻlimi boshligʻi M.Xaliqova olib bordi.


Tadbirda   “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” kafedrasi mudiri N.Qobulov kafedraning hozirgi kunda yoʻnalishlar boʻyicha olib borayotgan ilmiy izlanishlari, tadqiqotlari, yutuqlari, shuningdek, kafedrada tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati xususida maʼlumotlar berdi. tadbir davomida kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan videorolik taqdimoti oʻtkazildi. Tadbir davomida kafedrada uzoq yillar faoliyat koʻrsatgan marhum professor-oʻqituvchilardan Yo.Qurbonov va O.Parpiyevlar xotirlandi. Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi hamda talabalar tomonidan tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirildi.

  

 

Otabek Odilov, Bekod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari