Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Dunyoda bayramlar ko‘p ammo ular orasida bir bayram borki unda faqat uylarimiz farishtasi – buvilarimiz, onajonlarimiz, opa-singillarimiz boshqacha e’zozlanadi. Ularni borligi aslida biz uchun har kuni bayram qilishga arziydi. Bu bayram 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” kunidir.

Har yili institutimizda keng nishonlanib keluvchi bayram tadbirlari bu yil ham ana shunday ko‘tarinki ruxda boshlandi. Bugun 2021-yilning 5-mart kunning ikkinchi yarmida “Elektrotexnika” fakultetida o‘tkazilgan tanlovdan so‘ng “Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari” fakulteti tomonidan tashkil qilingan bayram ham barchaning esida qoladigan o‘zgacha ruxda o‘tdi. Dastlab fakultet dekani M.Sherboyev so‘zga chiqib yig‘ilgan barcha ustozlar hamda talaba qizlarni tabrikladi.

Shundan so‘ng birinchi mart kuni o‘tkazilgan “Zulfiyaxonim zukko qizlari” ko‘rik tanlovining taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Taqdirlashdan so‘ng fakultet iqtidorli talabalardan biri o‘z “Stand Up” hazillari bilan chiqish qilib tadbir kayfiyatiga yana kayfiyat qo‘shib barchaning olqishlariga sababchi bo‘ldi. Shundan so‘ng bir necha iqtidorli talabalar gitara hamda skripka orqali kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Keyingi navbat fakultet yigitlariga berilib ular ham o‘z bayram tabriklarini izhor etdilar. Tadbir yakunida barcha yig‘ilgan aziz ustozlar hamda talaba qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

   

    

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari